Qirgʻizistonlik bloger Oʻzbekistonga kelib, turizm sohasidagi eng muhim oʻzgarishlarni aytdi

Saqlash
20:04 / 05.09.2022 1045 0

Qirgʻizistonlik mashhur bloger Adilet Nogoybayev Turizm va madaniy meros vazirligi dasturi doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, mamlakatda turizm sohasidagi eng muhim oʻzgarishlar haqida gapirdi. Bu haqida “Nova24” xabar berdi.

 

Adilet, siz koʻp sayohat qilasiz, bu yil hisobida Oʻzbekistondagi sayohatingiz nechinchi davlat boʻldi?

 

“Bu yil hisobida 12-davlat. Mehmondoʻst Oʻzbekistonga yana tashrif buyurganimdan juda xursandman”, — deydi u.

 

Siz Oʻzbekistonda koʻp marta boʻlgansiz. Siz sezgan turizmdagi eng muhim uchta oʻzgarish qaysilar?

 

“Eng muhim oʻzgarishlardan biri Samarqand shahridagi yangi aeroportdir. Bu sayyohlar uchun bevosita ushbu tarixiy shaharga kelishlari uchu yoʻl ochadi va poytaxtni gavjum shaharga aylantiradi. Shuningdek, Samarqandda shahar ichida shahar qurilgan, u yerda Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylarini bir joyda koʻrish mumkin”.

 

 

Oʻzbekistonga tez-tez borishni yaxshi koʻraman, dedingiz. Ayting-chi, Respublika nimasi bilan sizni jalb qiladi?

 

«Sayohat paytida men ijtimoiy tarmoqlarim uchun kontent yarataman, har bir mamlakatning madaniyati, tarixi, hayoti haqida gapiraman. Gastronomik turlar ham meni jalb qiladi. Men mazali taomlar yeyishni yaxshi koʻraman, Oʻzbekistonda esa mazali taomlar koʻp. Men har safar yangi narsalarni kashf qilaman.

Toshkent va Oʻzbekistonning boshqa shaharlari bir joyda turmaydi, doimiy rivojlanish, yangi obektlar barpo etiladi. Bu safar fuqarolar va sayyohlar uchun qurilgan Sehrli shahar meni juda hayratda qoldirdi».

 

Sayohatchi blogger sifatida siz Samarqand va Buxoroni xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha baholagan boʻlsangiz kerak. Ayting-chi, siz hizmatda biron bir muammoga duch keldingizmi va qanday baho berasiz?

 

“Xizmat darajasi meni hayratda qoldirdi. Samarqand va Buxoroga qatnovchi tezyurar poyezdlarga xalqaro bank kartalari orqali toʻlovni qoʻshgan boʻlardim. Chet ellik sayyohlar uchun toʻlash juda qulay boʻlardi”.

 

 

Siz Oʻzbekistonga tez-tez tashrif buyurganizni, lekin Samarqand va Buxoroda boʻlmaganingizni aytdingiz. Ayting-chi, qaysi shaharlarda boʻlgansiz va hozir koʻrayotgan shaharlaringizdan qaysi biri sizga koʻproq yoqadi?

 

“Menga Buxoroning ixchamligi, barcha tarixiy joylar bir joyda joylashgani yoqdi. Samarqand esa oʻzining ulugʻvorligi bilan, u yerda qanchadan-qancha tarixiy obidalar saqlanib qolgani meni hayratda qoldirdi. Men barchaga ushbu shaharlarga tashrif buyurishni tavsiya qilaman. Men Xivaga borishni juda xohlayman, umid qilamanki, keyingi safar buni amalga oshiraman”.

 

Turizmni rivojlantirishda Oʻzbekistonni qaysi davlatlar bilan solishtirasiz?

 

«Turkiya bilan juda koʻp oʻxshashliklarni payqadim. Birinchidan, oʻsha sharqona mehmondoʻstlik, ikkinchidan, butun dunyodan sayyohlarni oʻziga tortadigan madaniyat va tarixiy maskanlarning boyligi.

 

Oʻzbekiston shaharlaridan biri 2023-yilda MDHning Yoshlar poytaxti boʻladi. Sizningcha, qaysi shahar shunday maqomni oladi?

 

«Keng miqyosdagi qurilish va logistika ishlariga qaraganda, Samarqand boʻlishi mumkin.

 

 

Sizningcha, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan nimalar Oʻzbekistonga sayyohlarni nima jalb qiladi?

 

“Ham Yevropa, ham Markaziy Osiyodan barcha sayyohlarni tarixiy joylar jalb qiladi. Agar Qirgʻiziston va Qozogʻistonni oladigan boʻlsak, biz koʻchmanchi boʻlganimizdan beri doimiy ravishda koʻchib yurganmiz, tarixiy binolarimiz koʻp emas. Shunday ekan, qadimiy meʼmorchilikni tomosha qilish, oʻsha davr ruhini his qilish, Buyuk Ipak yoʻli oʻtgan qadimiy maskanlarni koʻrish barchamiz uchun juda qiziq. Yangi avlod ham tarixiy joylar fonida ijtimoiy tarmoqlari uchun ajoyib kontent yaratishi mumkin. Tarix saqlash va eslash muhim oʻrin tutgan meros hamda boylikdir”, — degan bloger.

 

Xulosa oʻrnida, Adilet Nogoybayev barchaga Oʻzbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyurib, Sharq madaniyatining boyligini, aql bovar qilmaydigan muhitini his qilish va mazali taomlardan bahramand boʻlishni tavsiya qilgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//