Yana bir arxeologiya obyektiga zarar yetkazayotgan shaxslar toʻxtatib qolindi

Saqlash
14:05 / 05.09.2022 873 0

Madaniy meros agentligi tomonidan yana bir arxeologiya obyektiga zarar yetkazayotgan shaxslar toʻxtatib qolindi. Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan “Nomsiztepa” arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.

 

Ushbu yodgorlik Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. Oʻrganish natijasida arxeologik yodgorlikning gʻarbiy tomonidan uzunligi 120 metr, eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olingani aniqlandi.

 

Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni toʻxtatildi va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berildi. Arxeologiya obyektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd. soʻm etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

 

Koʻrilgan chora yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//