Ilm-fan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi (PhD) Oysara Madaliyeva Alisher Navoiy “Badoye’ ul-bidoya” devonining shoir hayotligi davrida ko‘chirilgan, tarkibi navoiyshunoslikka hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan nusxasini aniqladi.
Professor H.Sulaymonov ilmiy izlanishlari orqali “Badoye’ ul-bidoya” devonining muallif hayot vaqti kitobat qilingan to‘rtta nusxasi ma’lum edi. So‘nggi besh yillar ichida filologiya fanlari doktori A.Erkinov, filologiya fanlari nomzodi A.Turdialiyev va filologiya fanlari nomzodi S.Boltaboyev kabi olimlar tomonidan ushbu devonning Navoiy vafotiga qadar ko‘chirilgan yana uch nusxasi navoiyshunoslikka olib kirildi.
Shu munosabat bilan hozirda dunyo fondlarida “Badoye’ ul-bidoya” devonining Navoiy ko‘zi ochiqligida ko‘chirilgan yettita qo‘lyozmasi saqlanayotgani aniqlanib, ular ustida turli tadqiqotlar amalga oshirilib kelmoqda.
Navoiyshunos olima Oysara Madaliyeva aniqlashicha, ayni qo‘lyozma “Badoye’ ul-bidoya” devonining 1491-yili kitobat etilgan nusxasi bo‘lib chiqdi. Qo‘lyozma Temuriylar davri mashhur xattoti Darvesh Muhammad Toqiy tomonidan Hirotda ko‘chirilgan ekan. Mazkur ma’lumot navoiyshunoslik uchun katta yangilik bo‘lib, bu qo‘lyozma Navoiy ko‘zi ochiqligida ko‘chirilgan “Badoye’ ul-bidoya” devonining yana bir – sakkizinchi nusxasi sifatida katta ilmiy ahamiyatga molik. Muhim jihatlaridan yana biri uning 1491-yili Hirotda kitobat qilinganidir. Mana shu davrda Navoiy Hirotda bo‘lgan va “Badoye’ ul-bidoya” devonining mazkur nusxasini ko‘rgan bo‘lishi ehtimoli katta.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q