“Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Saqlash
21:57 / 31.08.2022 845 0

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti va esdalik sovgʻalari beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Koʻkrak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va gʻoyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni mahalliy va xorijiy kinobozorlarda keng targʻib qilish, sohada zamonaviy va jahon tajribasiga asoslangan ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlarini joriy etish ishlariga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

 

Koʻkrak nishoni har yili 28-dekabr - Xalqaro kino kuni arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti va esdalik sovgʻalari beriladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Agentlikning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//