Oʻzbekistondagi ayrim OTMlarning nomlanishi oʻzgartiriladi

Saqlash
14:15 / 30.08.2022 646 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Pedagogika oliy taʼlim muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.

 

Hujjat loyihasida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyati takomillashtirish, xususan, qayta tashkil etish, shu jumladan, nomining oʻzgarishi munosabati bilan oliy taʼlim sohasiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli aniqliklar kiritish uchun qonun osti hujjatlarini muvofiqlashtirish belgilangan.

 

Shuningdek, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasasida oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakt qiymatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilishi munosabati bilan mavjud qonunchilik hujjatlarini tegishli qoʻshimcha bilan toʻldiriladi. Taʼlimga bevosita aloqador boʻlmagan sohalarga oid normativ-huquqiy hujjatlarda oliy taʼlim muassasalarining nomlanishini bugungi kun holatiga muvofiqlashtiriladi.

 

Qarorda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti soʻzlarini Chirchiq davlat pedagogika universitetiga, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali soʻzlarini esa Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti» soʻzlariga almashtirish taklif etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//