Jamiyat
Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlaridan norozi abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, arizalar my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6 sentabrga qadar (10 kun) davom etadi. Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish esa 2022 yil 7 sentabrdan boshlanadi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
112082
Jamiyat
94768
Jamiyat
90798
Jamiyat
75595
Jamiyat
//
Izoh yo‘q