Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Matbuot xizmati xabar berishicha, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab toʻlov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.
Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.
Shuningdek, belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.
Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi.
2022-yil 5-sentyabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, super-kontrakt) toʻlov-shartnomani onlayn yuklab, toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
112082
Jamiyat
94768
Jamiyat
90798
Jamiyat
75595
Jamiyat
//
Izoh yo‘q