“Yangi Oʻzbekiston” maqolalar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Saqlash
09:08 / 29.08.2022 592 0

Toshkent shahrida “Uchinchi renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida respublika konferensiyasi oʻtkazildi. Konferensiya davomida “Yangi Oʻzbekiston” maqolalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar, talabalar, targʻibotchilar, ilmiy tadqiqotchilar (magistrant, doktorant va boshqa), olimlar, professor-oʻqituvchilar iborat 73 nafar ishtirokchidan 98 ta maqola kelib tushgan.

 

Mazkur tanlovga taqdim etilgan maqolalar orasidan Tashkiliy qoʻmita aʼzolari tomonidan saralab olingan eng yaxshi nomzodlar quyidagi tartibda ragʻbatlantirildi.

 

 

Tanlovning 3 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin gʻoliblari:

 

Madaniyat vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Shavkat Ortiqov;

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Iroda Nasimova;

 

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 100-maktab oʻqituvchisi Baxtiyor Oʻrinovlar diplom hamda mikrotoʻlqinli pech mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

 

Tanlovning 2 ta uchinchi oʻrin gʻoliblari:

 

Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotchilari instituti boʻlim boshligʻi Akbarshoh Teshayev;

 

Gʻuzor tumanidagi 78-oʻrta maktab, Qarshi tumanidagi 16-oʻrta maktab targʻibotchilari Feruza Jabborova va Rohila Yoʻldoshevalar diplom hamda 2 (ikki) million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Tanlovning 2 ta ikkinchi oʻrin gʻoliblari:

 

Yuridik fanlari doktori, professor – Mirodil Baratov;

 

“Standart” ilmiy-texnik jurnali muharriri Zilola Xoʻjaniyozovalar diplom hamda 4 (toʻrt) million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

 

Tanlovning 2 ta birinchi oʻrin gʻoliblari:

 

Yuridik fanlari doktori, professor – Firuza Muxitdinova;

 

Jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi – Poʻlat Ermatovlar diplom hamda 6 (olti) million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish