Siyosat
Qonunchilik palatasi deputatlari joriy yil 21-iyunda qabul qilingan, ammo 4-avgustda Senat tomonidan rad etilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasida qayta koʻrib chiqishdan olib tashlab, Vazirlar Mahkamasiga yuborish haqidagi masalani deputatlarning koʻpchiligi qoʻllab-quvvatlamadi.
Bu haqida Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, deputatlar Senat rad etgan ushbu qonun loyihasi jamiyat uchun muhim va amaliyotda odamlarni ortiqcha sarson boʻlishining oldini oladi, deb hisoblaydilar va bir qator deputatlar oʻz vakolatlaridan foydalanib qonun loyihasini qayta qabul qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri Prezidentga imzoga yuborish zarurligini bildirishmoqda.
“Shu kungacha deputatlar bu vakolatdan foydalanishmagan”, deb yozmoqda Kusherbayev.
Ushbu qonun loyihasida FHDYO organi tomonidan nikoh tuzishga bir oyda ruxsat beruvchi qoidani chiqarib tashlash hamda ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar yoki oʻrtada bolasi boʻlgan nikohlanuvchi shaxslar uchun, shuningdek, homilador ayol va uning tugʻilajak bolasini oʻz bolasi deb tan oluvchi shaxs uchun tibbiy koʻrikdan oʻtish ixtiyoriy ekanligini belgilash koʻzda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q