O‘zbekistonlik para-taekvondochilar Osiyo chempionatida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Saqlash
17:09 / 24.08.2022 851 0

Xoshimin shahri (Vetnam) mezbonlik qilgan para-taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

 

Oltin

 

Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Kudrat Xaydarov hamda ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida bellashgan Guljanoy Naimova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 

Kumush

 

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda -47 kg vazn toifasida Ziyoda Isoqova terma jamoa hisobiga kumush medalni taqdim etdi.

 

Bronza

 

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda -63 kg vazn toifasida Qudrat Suyunov, -70 kg vaznda Asil Xusanov hamda 80 kgda og‘ir vaznda Asad Anvarov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

 

Bundan tashqari, 21 davlatidan 100 dan ortiq sportchi qatnashga musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining eng yaxshi jamoasi deb topildi. Terma jamoa murabbiyi Bobur Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//