Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekistondan xorijga 2 mln AQSH dollaridan ortiq valyutani olib chiqib ketayotgan guruhni qoʻlga oldi. Bu haqida tashkilot axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX tomonidan Namanganning Kosonsoy tumanida yashovchi aka-ukalar avtomashinada “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi. Avtomashinasida bir dona polietilen paketda 205 600 AQSH dollari, sintetik qopda esa 836 300 AQSH dollari, shuningdek, boshqa bir sintetik qopda 800 000 AQSH dollari, jami 1 841 900 AQSH dollari borligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Kosonsoyda yana bir tadbirkor qoʻlga olindi. Uning Malibu rusumli avtomashinasida 167 100 AQSH dollari borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 2 mln. 9 ming AQSH dollarining noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilishiga chek qoʻyilgan.
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111151
Jamiyat
94527
Jamiyat
90477
Jamiyat
74630
Jamiyat
//
Izoh yo‘q