Oʻzbekiston Qahramonlari – yurt iftixorlari

Saqlash
15:35 / 24.08.2022 1620 0

Poytaxtimizda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlangan «Yangi Oʻzbekiston – inson qadri va manfaatlari ulugʻlangan yurt» shiori ostidagi turkum maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

 

“Uchinchi renessans maʼrifatli jamiyat sari” mavzusidagi respublika anjumani doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimoti, “Milliy qoʻshiqlar va maqom” konsert dasturi, “Mahallada duv-duv gap”, “Mehr-muruvvat va saxovat” loyihalari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida ziyolilar uchrashuvlari shular jumlasidandir.

 

Tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan olimlar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etmoqda.

 

Toshkentdagi “Turkiston” sanʼat saroyida respublika anjumani doirasida “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimoti hamda “Milliy qoʻshiqlar va maqom” konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

 

 

Unda Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlaridan Oʻzbekiston Qahramonlari, maʼnaviyat fidoyilari, olimlar, ziyolilar yoshlar bilan uchrashdilar. Muloqot davomida yoshlar Oʻzbekiston Qahramonlarining ibratli hayot yoʻli, yutuqlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻldi.

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida nashr etilgan “Oʻzbekiston Qahramonlari” kitobi haqida toʻxtaldilar. Bu kitob-albom millatimiz qahramonlariga ehtirom sifatida yaratilgani, unda Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshib, “Oʻzbekiston Qahramoni” yuksak unvoni hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan bir yuz uch nafar yurtdoshimizning ibratli hayoti va faoliyati haqida hikoya qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

 

Kitobda turli sinovlariga qaramay, sabot bilan xalqimiz farovonligi yoʻlida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta boʻlgan zamondoshimizning umr yoʻllari aks etadi.

 

 

Tadbir davomida Oʻzbekiston Qahramonlari hamda ularning oila aʼzolariga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi. Ular koʻrsatgan fidoyilik hamda matonat uchun tashakkur izhor etildi.

 

 

Maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv “Milliy qoʻshiqlar va maqom” konsert dasturiga ulanib ketdi. Katta ashula va maqom sanʼatining durdonalari tomoshabinlarga manzur boʻldi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//