Madaniyat
Joriy yilda jinoyat qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, tarixiy yodgorliklarni buzish, shikast yetkazish va nobud qilish uchun javobgarlik choralari jiddiy ravishda kuchaytirilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Mazkur qonun mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻida keng yoritilgan boʻlishiga qaramay, madaniy meros obyektlariga shikast yetkazish holatlari davom etmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani, Darxon mahallasida yashovchi R.O. masʼul idoralarning bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu hududda joylashgan “Kunjutli tepa” arxeologiya yodgorligini toʻliq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd. soʻmlik zarar yetkazgan.
Holat yuzasidan Yakkabogʻ tumani prokuraturasi tomonidan 2022-yil 15-avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sudning ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q