Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Angren shahridagi yuk ortish va tushirish terminalida suratga olingan Chevrolet Spark rasmlari keng tarqaldi. UzAuto Motors holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, UzAuto Motors Chevrolet Spark avtomobillarini ishlab chiqarishni toʻxtatishga majburligi haqida rasman maʼlum qilgan. Bu qaror joriy yilning avgust oyidan boshlab AQSHning General Motors kompaniyasi tomonidan ushbu avtomobillarni va ular uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni toʻxtatish haqidagi global qarori bilan bogʻliq.
Kompaniya ushbu avtomobil modeliga boʻlgan talab yuqori ekani bois mavjud qolgan butlovchi qismlardan ishlab chiqarilgan Spark partiyasidan tashqari, eksportga yoʻnaltirilgan avtomobillarni ham ichki bozorga yoʻnaltirishga qaror qilgan.
20-avgust kunidan boshlab avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangan. Birinchi kunning oʻzidayoq barcha mavjud avtomobillar uchun jami 12 600 ta shartnoma tuzilgan: 8 200 dona Spark va 4 400 dona Nexia avtomobili.
Ularni barcha dilerlik markazlariga yetkazib berish ishlari faol olib borilmoqda. Suratda allaqachon mijozlar tomonidan shartnoma tuzilgan va keyinchalik mijozga yetkazib berish uchun Angren shahriga yetkazilgan avtomobillar koʻrsatilgan.
Tez orada Chevrolet Nexia avtomobillari ham Angren shahriga mijozlarga yetkazib berish uchun joʻnatiladi, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Angren shahridagi yuk ortish va tushirish terminali UzAuto Motorsʼning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, avtomobillarni Qamchiq dovonining gʻarbidagi dilerlik markazlariga tarqatilishidan oldin tranzit saqlash uchun moʻljallangan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q