Jamiyat
Qayd etilishicha, 2021-yil yozida bu shaxs Telegramʻda guruh tuzgan va uning ishtirokchilarini ikki baravar daromad olishga qiziqtirib, firibgarlik yoʻli bilan ularni plastik kartaga pul oʻtkazishga koʻndirgan. Vaʼdasini bajarmagan bu shaxs oʻzgalar pullarini oʻzlashtirib olib, qochib ketgan.
Joriy yil iyul oyida jinoyatchi Interpol Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Axborot taʼminoti va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning yashiringan joyi aniqlanib, tez orada Sankt-Peterburg shahrida qoʻlga olindi.
Hozirda u jazoga tortilish uchun sudga topshirish maqsadida Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112445
Jamiyat
95109
Jamiyat
91337
Jamiyat
76026
Jamiyat
//
Izoh yo‘q