Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yilida 1 million 73 ming 821 nafar abituriyent testga kirgan boʻlib, ularning yarmidan koʻpi oʻtish ballini toʻplay olmagan. Bu haqida DTMning ochiq maʼlumotlariga tayanib, Xushnud Xudoyberdiyev xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, testga kirgan abituriyentlarning 550 ming nafari (51,2 foizi) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 ballni ham toʻplay olmagan. Oʻtgan yili 36 foiz abituriyentlar 56,7 ball ham toʻplay olmagandi.
“Albatta, bunda majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar miqdori kamaytirilib, mutaxassislik faniga katta urgʻu berilgani ham sabab boʻldi”, – deya izohlaydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Foto: Telegram / @xushnudbek
2022-yilda eng yomon koʻrsatkich, xuddi oʻtgan yilda boʻlganidek Toshkent viloyatida (55,9 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi oʻtgan yildagidek Toshkent shahrida (45,2 foiz) qayd etilgan.
9 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan koʻprogʻi 56,7 balldan past ball olgan. Faqat 5 tagina hududda bu koʻrsatkich 50 foizdan kamroqni tashkil qilgan. Bular – Toshkent shahri, Buxoro, Fargʻona, Xorazm va Samarqand viloyatlaridir.
“56,7 ball – bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 ballning 30 foizi degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30 foiz bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30 foiz bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki. Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55 foiz natija koʻrsata olishi kerak (66 balldan yuqori)”, – deb yozadi u.
Avvalroq Oʻzbekistonda Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional taʼlim muassasalariga kirish uchun ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkinligi toʻgʻrisida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q