Jamiyat
Surxondaryo viloyati Joʻraqoʻrgʻon tumanida 18-avgust kuni voyaga yetmagan qizlarga diniy taʼlim berayotgan erkak ushlandi. Bu haqida Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 18-avgust kuni soat 09:30 da D.A. ijaradagi uyida hujra asosida noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, D.A. taʼlim berishda foydalanib kelingan diniy mazmundagi kitoblar xodimlar tomonidan holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan bayonnoma rasmiylashtirilib Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q