Bugun Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi

Saqlash
15:34 / 22.08.2022 707 0

Bugun, 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi. Bu haqida 15-avgust kuni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi yigʻilishda maʼlum qilingandi.

 

Oʻtgan yildan boshlab Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazishi yoʻlga qoʻyilgandi. Birinchi shunday uchrashuv oʻtkazilgan kun – 20-avgust esa Oʻzbekistonda Tadbirkorlar kuni deb belgilangan.

 

Bugun ham davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi yechimlarni koʻrsatadi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladi.

 

Boʻlajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//