Jamiyat
Kecha, 18-avgust kuni Oʻzbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzusiga bagʻishlangan birinchi loyihasi – “Baron-2: Sogʻinch” filmining maxsus (yopiq) premyerasi boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun, film Inferno (Rossiya) va Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan. Rejissyor Rustam Saʼdiyev. Filmda bosh rollarni Farhod Mahmudov, Kaan Urganjioʻgʻli, Igor Lifanov, Viktor Verjbitskiy, Viktoriya Tolstoganova ijro etgan.
Taʼkidlanishicha, kartina real voqealarga asoslangan. Unda maxsus xizmat xodimlari tomonidan terrorchilikning oldini olish boʻyicha amalga oshirgan ishlari koʻrsatilgan.
Syomka jarayonlari Oʻzbekiston, shuningdek Turkiya, Misr, Shveysariya, Suriya va Rossiya kabi davlatlarda boʻlib oʻtgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109964
Jamiyat
94287
Jamiyat
90142
Jamiyat
73404
Jamiyat
//
Izoh yo‘q