Toshkent metropoliteni uchun Rossiyadan 14 ta yangi poyezd xarid qilinadi

Saqlash
17:31 / 19.08.2022 596 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-oktyabrdagi “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5260-sonli hamda 2022-yil 8-iyuldagi “Toshkent shahar jamoat transporti samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-313-sonli qarorlariga muvofiq Toshkent metropolitenida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, kelgusida intervallarni yanada kamaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining “Metrovagonmash” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy turdagi 14 ta yangi harakat tarkiblarini xarid qilinishi rejalashtirilgan.

 

Metropolitendan foydalanayotgan yoʻlovchilar oqimi xususidagi oʻrganishlar xulosasiga koʻra 2021-yilning oʻtgan davriga nisbatan hozirgi vaqtda yoʻlovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yoʻlovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda. Yuqoridagi raqamlar asososida xulosa qilinganda 2022-yilning sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yoʻlovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda.

 

Yoʻlovchilarga yanada sifatli va qulay tarzda xizmat koʻrsatish maqsadida “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilishi rejalangan:

 

– poyezdlar harakatining oraliq intervali ertalabgi tigʻiz vaqtlarda ( 07:30 dan 09:30 ga qadar) “Chilonzor” yoʻnalishida 2,5-3 daqiqa, “Oʻzbekiston” yoʻnalishida 3,5-4 daqiqa, “Yunusobod” yoʻnalishida esa 5-6 daqiqa etib belgilanadi;

 

– platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yoʻlovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//