Jamiyat
19-avgust kuni kechasi Toshkent shahridagi ayrim koʻchalar avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Maʼlum qilinishicha, 19-avgust kuni Konya shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtgan V Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha boʻlgan vaqtda poytaxtining bir necha koʻchalari avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bular:
– Toshkent xalqaro aeraportidan Qumariq va Sodiqjon Tolipov koʻchalari boʻylab Nukus koʻchasigacha;
– Nukus koʻchasidan uning Oybek koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Oybek va Afrosiyob koʻchalaridan Afrosiyob koʻchasining Sharof Rashidov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Sharof Rashidov koʻchasi boʻylab uning Navoiy shoh koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Navoiy shoh koʻchasi boʻylab uning Amir Temur shoh koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Amir Temur shoh koʻchasi boʻylab uning Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Islom Karimov koʻchasi boʻylab uning Botir Zokirov koʻchasi bilan kesishmasigacha;
– Botir Zokirov koʻchasidan Paxtakor koʻchasi 79-uygacha.
Hokimlik haydovchilardan vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishni va noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q