Jamiyat
Toshkent shahrida 2022-yilning shu davriga qadar kuydirgiga chalinganlikda gumonlangan 10 kishining 1 nafarida kasallik tasdiqlandi. Bu haqida epidemiolog Lola Umarova “Yoshlar” telekanali “Yangi davr” koʻrsatuviga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, kasallik Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda aniqlangan. 2021-yilda esa 30 kishi kuydirgida gumonlanib, ularning 10 nafarida kasallik tasdiqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari va shahar Veterinariya boshqarmasi xodimlari boshchiligida Toshkent shahar Uchtepa tumani 26-oilaviy poliklinikasida kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi va oldini olish yuzasidan tadbir oʻtkazilgan.
Aytilishicha, kuydirgi asosan yirik va mayda shoxli chorva mollari, qora mollar, qoʻy, echki, ot, tuya va odamlarda uchraydigan yuqumli kasallik boʻlib, kasallangan hayvonni soʻyish, terisini shilish goʻshtini maydalash mumkin emas.
Shuningdek, kasallik oʻta yuqumli boʻlib, hayvondan hayvonga, hayvondan esa odamga yuqadi, ammo odamdan odamga yuqmaydi. Kuydirgi yilning toʻrt faslida ham uchraydi ammo koʻproq yoz va bahor oylarida keng tarqaladi.
Buning sababi esa bahorda yomgʻir va sel suvlarining yer yuza qatlamini yuvib ketishi, qurilish qazish va taʼmirlash ishlari natijasida pastki qatlamdagi sporali mikroblar yerning yuza qatlamiga chiqib qolib, hayvonlarga suv, oʻt va boshqa yoʻllar bilan yuqishi hisoblanadi.
Oʻquv mashgʻulotida kuydirgi bilan gumonlanib kelgan bemorlarga dastlab qanday birinchi yordam koʻrsatish kerakligi oʻrgatilgan. Kelgan bemorlarda kuydirgi asosan yuzaki yara, boʻyin yuz sohalari, qoʻl va barmoqlarda boʻlishi mumkin. Kasallik koʻp hollarda erkaklarda, qassob, choʻpon, veterinar va goʻsht sotuvchilarida uchrashi taʼkidlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q