Jamiyat
Joriy yil 8-9-sentyabr kunlari Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti oʻtkaziladi.
Mazkur kelishuvga Venada tashkil etilgan 13-sammit chogʻida erishildi. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva sammit ishtirokchilariga Oʻzbekistonda gender tengligi sohasidagi islohotlar toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
Sammitda respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish borasidagi salmoqli ishlar alohida qayd etildi.
Navbatdagi sammitni Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilingani, shubhasiz, jahon hamjamiyati tomonidan Oʻzbekistonning parlamentarizmni rivojlantirish, gender siyosatida, shuningdek, jamiyatni demokratlashtirish yoʻlidagi tub islohotlar muvaffaqiyatining eʼtirofidir.
Oʻzbekistonda va umuman mintaqada ilk bor tashkil etilayotgan 14-sammit “Parlamentning yetakchi roli: yanada samarali barqarorlik va farovonlikni taʼminlashda xavf-xatarni baholash” mavzusiga bagʻishlanadi.
Sammitdan koʻzlangan asosiy maqsad barqarorlik va farovonlikni samarali taʼminlash uchun gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha parlamentlar uchun ustuvor yoʻnalish va harakatlarni belgilab berishdan iboratdir.
Sammitda parlamentlararo ittifoqqa aʼzo mamlakatlar parlamentlarining ayol rahbarlari, deputatlar va xalqaro tashkilotlardan ayol vakillar ishtirok etadi.
Sammit doirasida adolat, integratsiya va atrof-muhit muhofazasi, xotin-qizlaring reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojlari, pandemiyadan keyingi iqtisodiyotni tiklash, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini internetda himoya qilish va targʻib qilish singari masalalar muhokama qilinadi.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, Parlamentlararo ittifoq 1889-yilda taʼsis etilgan boʻlib, xalqaro tashkilotlar orasida yoshi eng ulugʻi hisoblanadi. 178 davlat aʼzo boʻlib kirgan ushbu tashkilot oʻtgan davrda tom maʼnoda parlamentlararo xalqaro birdamlikning yaqqol ifodasiga aylandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q