Madaniyat
Joriy yilning 19-oktabr kuni Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali poyida Bojxona instituti tashabbusi bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim, o‘zingsan buyuk!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, adabiyotshunos olimlar, shoir va aktyorlar tomonidan o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, milliy yuksalish yo‘lidagi o‘rni to‘g‘risida so‘z bordi.
Tadbir davomida Bojxona instituti kursantlarining she’riy chiqishlari o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan she’riy chiqishlari namoyish etildi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q