Jamiyat
Tarvuz yetarli darajada pishmagan yoki yetishtirishda kimyoviy oʻgʻitlardan koʻp foydalanilgan boʻlsa, salomatlik uchun jiddiy xavf tugʻdirishi turgan gap.
Xoʻsh, dorilangan tarvuz nimasi bilan xavfli? Undan zaharlanmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozim?
SSV matbuot xizmati shu kabi savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshligʻi A.Shukurovga murojaat qildi.
– Jazirama yoz faslini tarvuzsiz tasavvur etib boʻlmaydi, – deydi mutaxassis. – Tarkibi 92 foiz suvdan iborat ushbu mahsulot kaliy va magniyga boy. Shu sababli asab tizimi va miya faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi.
Tarvuzning antioksidantlik xususiyati yuqori boʻlib, tarkibidagi A, V darmondorilari va kartonoid yalligʻlanish va erta qarishga toʻsqinlik qiladi.
Ayniqsa, onkologik va yurak-qontomir tizimi kasalliklarining oldini olish, hazm faoliyatini yaxshilash va moddalar almashinuviga ijobiy taʼsir koʻrsatishi bilan yanada foydali.
Biroq ehtiyotkorlikni unutmaslik, ayniqsa, tarvuz sotib olayotgan payt uning bus-butunligiga, chirimaganiga va kimyoviy oʻgʻitlar bilan meʼyordan ortiq toʻyintirilmaganiga eʼtibor qaratish kerak.
Sababi, bugungi kunda aksariyat dehqonlar ushbu mahsulotni tezroq yetishtirish maqsadida azotdan koʻp foydalanmoqda. Bu esa tarvuzdan zaharlanishga sabab boʻlyapti.
Shu bois mazkur noxush holatdan oʻzimiz va yaqinlarimizni himoya qilish uchun ayrim jihatlarga eʼtibor qaratish foydadan holi boʻlmaydi.
Xususan, tarvuz xarid qilayotganda, eng avvalo, sotuvchidan mahsulot manbai, sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi tegishli ruxsatnomani talab qilishi lozim. Shu bilan birga, mahsulotning buzilmaganiga ishonch hosil qilish zarur.
Negaki, tarvuzning qizil magʻzida mikroblar juda tez tarqaladi. Tabiiy pishgan tarvuz chertib koʻrilganda jarangdor ovoz chiqib, poʻstini osongina tirnash mumkin.
Tarvuz holatining yana bir muhim koʻrsatkichi qizil qismidagi tomirlar rangidir. Agar ular sariq yoki binafsha tusda boʻlsa, bunday mahsulotdan ehtiyot boʻlish lozim. Chunki toʻliq pishmagan yoki nitratning taʼsiri boʻlishi mumkin.
Qolaversa, tarvuz ustidagi chiziqlar aniq va bir-biri bilan aralashib ketmagan boʻlishi kerak. Xiralashgan chiziqlar uning nitrat bilan toʻyinganidan dalolat.
Shuningdek, tabiiy pishgan tarvuz suvga solinganda yuzaga qalqib chiqadi. Azotli oʻgʻit bilan toʻyingani esa, aksincha, suv ostiga choʻkadi. Agar boʻlaklanganda qiyshiq emas, toʻgʻri kesilsa, bu holat ham uning kimyoviy moddalarga toʻyinganining belgisidir.
Tarkibida nitrat moddasi meʼyordan ortiq boʻlgan tarvuz isteʼmol qilinganda noxush belgilari 4-6 soatdan keyin paydo boʻladi.
Xususan, koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorin va bosh ogʻrigʻi, 38-39 darajagacha isitma koʻtarilishi, yurak urishining sekinlashishi hamda qoʻl-oyoqlarning sovuq qotishi kabi alomatlar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Chunki bu tarvuzdan zaharlanish belgilari boʻlishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q