Jamiyat
Bugungi kunda O‘zbekistonda joriy yil 6-may holatiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan jami 60 nafar faxriy yashamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Faxriylar tarkibida 19 nafar konslager tutquni, 14 nafar urush qatnashchisi, 14 nafar urush nogironi hamda 13 nafar Leningrad qamali qatnashchisi bor.
Faxriylarning hududlar bo‘ylab joylashuvi quyidagicha:
Toshkent shahri — 28 nafar;
Toshkent viloyati — 11 nafar;
Farg‘ona viloyati — 5 nafar;
Andijon, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan;
Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida — 2 nafardan;
Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 1 nafardan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida esa hozirda birorta ham urush qatnashchisi qolmagan.
Bir yil avval respublika bo‘yicha jami 82 nafar faxriy ro‘yxatda bo‘lgan.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95070
Jamiyat
91285
Jamiyat
75980
Jamiyat
//
Izoh yo‘q