Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid “Chordangitepa” arxeologiya yodgorligining bir qismi buzib tashlanib, oʻrnida uy-joy qurib yuborilgan. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oʻtkazilgan tekshiruvlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid “Chordangitepa” arxeologiya yodgorligining bir qismi fuqaro M.F. tomonidan buzib tashlanib, oʻrnida uy-joy qurib yuborilgani va davlat manfaatlariga 315 mln. soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi VI-VII asrlarga oid “Nomsiztepa” arxeologiya yodgorligi bir qismi nomaʼlum shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida, davlat manfaatlariga 1,5 mlrd. soʻmlik juda koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
Tekshirish natijalariga koʻra, mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111432
Jamiyat
94601
Jamiyat
90565
Jamiyat
74928
Jamiyat
//
Izoh yo‘q