Oʻzbekistonda Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tashkil etiladi

Saqlash
22:48 / 12.08.2022 970 0

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (440-son, 10.08.2022-y.) qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi.

 

Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish Jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

 

2022-yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik boʻyicha koʻrik-tanlov oʻtkaziladi.

 

Koʻrik-tanlov gʻoliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

 

▫️1-oʻringa – BHMning 300 baravari (90 mln soʻm);

▫️2-oʻringa – BHMning 250 baravari (75 mln soʻm);

▫️3-oʻringa – BHMning 200 baravari (60 mln soʻm).

 

Mazkur mablagʻlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.

 

Koʻrik-tanlovlarda gʻoliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishgga ustuvorlik beriladi.

 

Gʻoliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//