Jamiyat
Hududlarda turizm infratuzilmasi jadal rivojlantirish maqsadida “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–161-son, 30.04.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targʻibot – sayyoh” zanjiri boʻyicha loyiha boshqaruvi asosida 34 ta turizm obyektining master rejasi ishlab chiqilib, 31 ta turizm obyektining faoliyati tashkil etiladi va rivojlantiriladi.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi respublika yoki mahalliy darajadagi barcha turdagi turistik zonalar va turistik klasterlar direksiya (departament)lari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.
2026-yil 1-iyundan Turizm qoʻmitasi tomonidan bosqichma-bosqich turistlar tashrif buyuruvchi ziyoratgohlar hududlarining funksional jihatdan ajratilgan chegaralarini belgilash va mumkin boʻlgan hollarda koʻp qavatli binolarni joylashtirish orqali ularning hududlarini kengaytirish hamda ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etiladi.
Turizm sohasini barqaror va kompleks rivojlantirish maqsadida loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari, tadbirkor va investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda taʼlim va ekspert tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni taʼminlovchi “davlat – biznes – jamoatchilik – taʼlim” (Quattro) tizimi joriy etiladi.
2027-yildan yiliga 2-marta Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan sayyohlar oʻrtasida tanlanma kuzatuvlar oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112361
Jamiyat
95025
Jamiyat
91216
Jamiyat
75929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q