Jamiyat
Toshkent shahar Uchtepa tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika katta inspektori 1995-y.t. fuqarodan noqonuniy ravishda 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik zizmati maʼlum qildi.
Ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir doirasida aniqlangan. Unga koʻra, inspektor 2025-yilning dekabr oyida mazkur fuqaroga tegishli MCHJ hujjatlarini soxtalashtirish orqali IT-xizmati koʻrsatish evaziga firibgarlik yoʻli bilan chet el fuqarosidan 450 ming AQSH dollari olgan 1990-y.t. shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va uni javobgarlikka tortishni vaʼda berib, ushbu pul mablagʻini talab qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, joriy yilning fevral oyida ichki ishlar organlari tomonidan MCHJ bilan bogʻliq firibgarlik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Hozirda katta inspektorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112222
Jamiyat
94898
Jamiyat
90987
Jamiyat
75765
Jamiyat
//
Izoh yo‘q