Jamiyat
O‘zbekistonda jarima ballari tizimi bo‘yicha 12 balldan oshgan ilk haydovchi aniqlandi. Yana 11 nafar haydovchiga 8 balldan 10 ballgacha jarima ballari hisoblangan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.
Respublika bo‘yicha yana 11 nafar haydovchiga nisbatan 8 balldan 10 ballgacha jarima ballari hisoblangan. Besh nafari Toshkent shahri, uch nafari Surxondaryo viloyati, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan bir nafardan bo‘lgan haydovchilar qoidalarni buzib, jarima ballari hisoblangan.
Bir yil davomida 12,5 jarima balli to‘plagan haydovchining ishi sudga oshirilib, qoidabuzar sud qarori bilan haydovchilik huquqidan mahrum etilishi mumkin. Jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchining aytishicha, u avval ushbu tizim amalda ishlashiga ishonmagan. Lekin ballari 12,5 ballga yetib, YHXXga chaqirilgach, tizim ishlayotganiga amin bo‘lgan.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112361
Jamiyat
95025
Jamiyat
91216
Jamiyat
75929
Jamiyat
//
Izoh yo‘q