Ilm-fan
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi “ʻSeysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisiʻ koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.
Qaror loyihasida “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etish taklif etilmoqda.
Koʻkrak nishoni bilan seysmik xavfsizlik taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtirishga katta hissa qoʻshgan hamda yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Oʻzbekiston seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini rivojlanishi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik birlashmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1-avgustga qadar Fanlar akademiyasiga taqdim etadi.
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tashkil etiladi.
Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, har yili 20-avgustga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q