Jahon
Buyuk Britaniyada oʻzbek shoiralari Jahon Otin Uvaysiy va Nodirabegimning sheʼrlari ingliz tilida chop etildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA. Ushbu ijodiy loyiha elchixona koʻmagida amalga oshirilgan boʻlib, Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda mamlakatimiz va Buyuk Britaniya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan.
Toʻplamga Uvaysiyning 48 sheʼri, jumladan, 26 ta gʻazali, chistonlari, Nodiraning bizgacha saqlanib qolgan barcha gʻazallari kiritilgan. Tarjimalar muallifi – ingliz shoiri Endryu Staniland mart oyida Oʻzbekistonga qilgan safari davomida Nodira va Uvaysiyning adabiy merosi bilan tanishgani ularni birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilishga ilhomlantirganini maʼlum qildi.
“Menimcha, ularning sheʼriyati ingliz tiliga juda yaxshi tarjima qilinadi, ularda boy tarix bor, umid qilamanki, bu kitobxonlarga yoqadi va jahon adabiyotida mutlaqo yangi kashfiyotga aylanadi”, deydi u.
Tarjima jarayonida Endryu Staniland oʻzbek mumtoz adabiyoti boʻyicha ekspert, olim Aidaxon Bumatova (Oʻzbekiston) va afgʻonistonlik tarjimon va oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutaxassis Nazila Elmi bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Ushbu yangi kitobning rasmiy taqdimoti Londonda Oʻzbekiston mustaqilligi kunini nishonlash doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Nodira va Uvaysiy: tanlangan sheʼrlar” kitobi Londonda 2021-yilda nashrdan chiqqan “Alisher Navoiyning 12 gʻazali, Abdulhamid Choʻlponning 14 sheʼri” (“12 Ghazals By Alisher Navoiy, 14 Poems By Abdulhamid Choʼlpon”) toʻplamidan keyingi ikkinchi adabiy yirik loyiha hisoblanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q