Ilm-fan
Termiz davlat pedagogika institutining Biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Feruza To‘xtamurodova chayon zaharini uni nobud qilmasdan olish imkonini beradigan innovatsion qurilma ishlab chiqdi.
Avvallari zahar olingach, chayonlar nobud bo‘lar edi. Feruzaning qurilmasi esa elektrostimulyatsiya usuli asosida bir chayondan bir necha marta zahar olish imkonini beradi. Bu esa biomodda tanqisligini kamaytirish va farmatsevtika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda saraton kasalligi bilan og‘rish holatlari ortib bormoqda. Manbalarda chayon zahri tarkibidagi xlorotoksin moddasi rak hujayralari o‘sishini sekinlashtirishda, neyrotoksinlar esa asab kasalliklarini davolashda qo‘llanishi mumkinligi qayd etilgan.
Shuningdek, chayonlar ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Ta’kidlash lozim, chayon zahri xorijda 12 ming dollargacha, O‘zbekistonda esa o‘rtacha 5 ming dollar atrofida baholanadi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112957
Jamiyat
95649
Jamiyat
92608
Jamiyat
76864
Jamiyat
//
Izoh yo‘q