Jamiyat
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Oltinsoy” mahalla fuqarolar yigʻinida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda tuman hokimligi hamkorligida yangi barpo etilgan kutubxonaning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur maʼrifat maskanining ochilishiga bagʻishlangan tadbirda olimlar, ziyolilar, bolalar yozuvchilari, shoirlar, el suygan sanʼatkorlar, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar ishtirok etdi.
Ziyo maskaniga “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan 500 dan ziyod oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. Shu bilan birga, mahalladagi “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan insonlarning farzandlariga sovgʻalar ulashildi.

Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112326
Jamiyat
94997
Jamiyat
91122
Jamiyat
75886
Jamiyat
//
Izoh yo‘q