Jahon
Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning Diyorbakir shahrida xalqaro simpozium davom etmoqda. Tadbirda olimlar va tarixchilar mo‘g‘ullarni 10 yil davomida to‘xtatib turgan Sulton Jaloliddin Manguberdiga oid yangi ma’lumotlarni qayd etdilar.
O‘zbek olimlari esa 1232-1260-yillarda Jaloliddindan so‘ng Yaqin Sharq va Anado‘lida qolgan xorazmliklar taqdiri va bugungi izlari haqda ma’ruza qildilar. Bu haqda “Jaloliddin Manguberdi” fondi raisi Bekzod Abdirimov facebook sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Turkiyada Xorazm nomi bilan bog‘liq 20 dan ortiq qishloqlar mavjud. Eng muhim hodisalardan biri esa Jaloliddin Manguberdining qabri topilgani haqdagi xabar bo‘ldi. Ushbu manzil turk tarixchilari Oktay Bo‘zan hamda Arafat Yazlar bilan hamkorlikda aniqlangan. Ayni paytda bunga bog‘liq ma’lumotlarni o‘rganish davom etmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q