Jahon
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati mehnat migrantlari uchun Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida qanday oʻzgarishlar boʻlgani haqida maʼlumot taqdim etdi. Unga koʻra:
- Patentga ega yoki Rossiya Federatsiyasida taʼlim olayotgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan farzandlarining vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirishi mumkin.
- “Vizasiz” mamlakatlar fuqarolari (shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham) Rossiya Federatsiyasidan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish (“ish”) uchun migratsiya kartasidagi tashrif maqsadini oʻzgartirishi mumkin.
Buning uchun IIV Migratsiya boshqarmasiga bildirishnoma bilan murojaat qilish kerak. Tashrif maqsadini patentga ariza berishda darhol “ish”ga oʻzgartirish mumkin.
Agar chet el fuqarosi STIR (INN)ga ega boʻlsa va uni arizada koʻrsatgan boʻlsa, patent olish uchun arizani koʻrib chiqish muddati 5 ish kunidan oshmaydi. STIR (INN) boʻlmasa, bu muddat 10 ish kunini tashkil qiladi;
- Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan chet el fuqarolari yiliga bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak;
- Kasbiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolari ishlashi mumkin;
- Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilingan taqdirda, chet el fuqarosi 15 kun ichida Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqib ketishi kerak.
Ushbu oʻzgarishlar 2022-yil 14-iyuldan kuchga kirgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q