Bugun Toshkentda Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media-xoll ochildi

Saqlash
18:10 / 14.10.2021 886 0

Media platforma saylovoldi kampaniyasining yakuniy bosqichida jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga, ommaviy axborot vositalari vakillariga nafaqat saylov jarayonlari, balki so‘nggi besh yilda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida to‘laqonli ma’lumot olishlari uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashadi.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Media-xoll Yoshlar ijod saroyida faoliyatini olib boradi.

Siyosiy jarayon davomida mazkur media-xollda siyosiy partiyalarning dasturlari taqdimoti, tegishli vazirlik va idoralar, ekspertlar ishtirokida yurtimizda so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar doirasida muloqotlar, dolzarb mavzudagi bahs-munozaralar, jurnalist va blogerlar ishtirokida turli brifinglar, mahorat darslari, qiziqarli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Xalqaro media-xoll” 2021-yilning 26-oktabriga qadar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish