Jamiyat
Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyatida oʻzbekistonlik 11 nafar mehnat migrantining zaharlangani haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi quyidagilarni maʼlum qildi.
Dastlabki oʻrganishlardan maʼlum boʻlishicha, joriy yil 28-iyul kuni Volgograd viloyati Bыkovskiy tumanidagi “Pobeda” fermer xoʻjaligida qonuniy ishlab kelayotgan fuqarolarning sogʻligʻi yomonlashgach, tez yodam chaqirilib, shifoxonaga olib borilgan.
Ovqatdan zaharlanish tashxisi qoʻyilib, ular shifoxonaga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd viloyatidagi vakiliga shifokorlarning maʼlum qilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolar oʻzlarini yaxshi his qilishmoqda va sogʻligʻi tiklangach, shifoxonadan javob beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
112323
Jamiyat
94994
Jamiyat
91118
Jamiyat
75883
Jamiyat
//
Izoh yo‘q