Dam olish kunlari qanday havo harorati boʻlishi aytildi

Saqlash
22:42 / 29.07.2022 660 0

Shanba va yakshanba kunlari Oʻzbekiston hududi boʻylab qulay havo harorati boʻlishi kutilmoqda, deb xabar berdi Oʻzgidromet.

 

Bugun, juma kuni respublika hududining katta qismida havo harorati +33…+38 daraja, janubda baʼzi joylarda +40 darajagacha boʻlgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat rsepublikaning shimoli-gʻarbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

Dam olish kunlari Oʻzbekistonda havo bulutli boʻlishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi.

 

Faqat togʻ oldi va togʻli hududlarda, 30-iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31-iyul yakshanba kuni Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari +20…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+36 daraja atrofida boʻladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy meʼyorlarga yaqindir.

 

Ushbu kunlarda janubda va choʻl hududlarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlari boʻyicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//