Oʻzbekistonda gepatit C aniqlangan bemorlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi

Saqlash
22:37 / 29.07.2022 1018 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova 28-iyul – Butunjahon gepatitga qarshi kurashish kuni munosabati bilan mazkur yoʻnalishda koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 1-iyuldan boshlab har yili respublika aholisini skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha, polimer zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha, virusli gepatit C turi bilan kasallangan bemorlarni davolash 10 500 nafargacha yetkaziladi. Gepatit C aniqlangan bemorlar dori vositalari bilan bepul taʼminlanadi.

 

Kasallik yuqishi xavfi yuqori boʻlgan shaxslarni, shu jumladan qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida gepatit B infeksiyasini oldini olish maqsadida emlash ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, 2022—2023-yil davomida 120 mingga yaqin tibbiyot xodimi virusli gepatit B infeksiyasiga qarshi kurashishga toʻliq qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//