Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 1-maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yil 28-iyul sanasida 2014-yili tugʻilgan S.X. singlisi A.X. bilan birga Shahrisabz shahridagi 1-maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelgan. Onasining iltimosiga koʻra tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. qonunga zid ravishda uni ham bogʻchada olib qolgan.
Tushlik payti S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi ichkariga kirgan paytda singlisi tashqaridan eshikni ochib-yopib oʻynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha boʻlaklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam koʻrsatgan. Biroq jarohati chuqurligi sababli S.X. koʻp qon yoʻqotish oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi surishtiruv olib bormoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q