Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining ayrim bo‘linmalariga davlat grantlari ajratildi

Saqlash
17:15 / 29.07.2022 692 0

Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2022-yil 30-apreldan 31-maygacha “Aholiga islohotlarning mazmun va mohiyatini yetkazish, ularning ongi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini o‘zgartirish” mavzusida davlat granti 2-tanlovi e’lon qilingan edi.

 

Kuni kecha Parlament komissiyasi tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi. Ahamiyatlisi, ular ichida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmalari ham bor. 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limining “Muammoli mahallalarga ma’naviy himoya” loyihasi uchun 60 mln, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo‘linmasiga “Jaholatga qarshi ma’rifat” loyihasi uchun 50 mln, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sayxunobod tuman bo‘linmasiga “Ma’rifatli mahallada-jaholatga o‘rin yo‘q” loyihasi uchun 60 mln, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Tuproqqal’a tuman bo‘linmasiga “Ma’rifatli jamiyat sari” loyihasi uchun 60 mln,  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘linmasiga “Mahallada “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish” loyihasi uchun 70 mln, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘linmasiga “Yangi O‘zbekiston yoshlari jaholatga qarshi ma’rifat bilan” loyihasi uchun 90 mln so‘m davlat granti ajratildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//