 
                   
                    Iqtisod
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar–iyun oylarida tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 35,7 foizi MDH davlatlariga toʻgʻri keldi, deb xabar beradi “Review.uz”.
Shu bilan birga, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2021-yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga kamaygan, boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 1,3 foizga oshib, 64,3 foizni tashkil etgan.
Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar-iyun holatiga koʻra, 27,6 foizga oʻsib, 8,7 milliard dollarni tashkil etgan. Shundan eksport — 43,1 foizga oʻsib, 3,2 milliard dollarni, import esa 19,9 foizga oʻsib, 5,5 milliard dollar qiymatida qayd etilgan.
Infografika: “Review.uz”
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (46,5 foiz), Qozogʻiston (24,1 foiz) hamda Qirgʻiziston (6,7 foiz) davlatlari bilan qayd etilgan.
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94045
             94045
          Jamiyat
 89825
             89825
          Jamiyat
 72981
             72981
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q