Yanvar-iyun oylarida isteʼmolchilarga 248 mlrd soʻm keshbek qaytarildi

Saqlash
22:52 / 27.07.2022 737 0

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan iyun oyi uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm miqdorida keshbek toʻlandi, deb xabar berdi qoʻmita matbuot xizmati. Shunday qilib, yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga toʻlangan summa 248,6 mlrd soʻmga yetgan.

 

DSQ kamchiliklarni bartaraf etib, isteʼmolchilarga yanvar-may oylari uchun qaytarilmagan 732,2 mln soʻm keshbekni ham toʻlab bergan.

 

Avvalroq cheklari eng koʻp roʻyxatdan oʻtkaziladigan tadbirkorlik subyektlari roʻyxati eʼlon qilingan edi. Unda keshbek cheklarini taqdim etish boʻyicha Korzinka, Havas va Makro savdo doʻkonlari yetakchilik qilayotgani aks etgan.

 

Bundan tashqari, Soliq qoʻmitasi keshbek uchun chekni roʻyxatdan oʻtkazishda faol hududlar roʻyxatini ham eʼlon qilgandi. Unga koʻra, Toshkent shahri keshbek olish uchun cheklarni tasdiqlashda eng yetakchi hudud — 8,5 mln ta chek. Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo (867 972 ta), Fargʻona (824 910 ta) va Xorazm (770 906 ta) viloyatlari joylashgan. Chekni roʻyxadan oʻtkazishda Buxoro (414 775 ta), Navoiy (360 660 ta), Surxondaryo (287 310 ta), Jizzax (282 581 ta) hamda Sirdaryo (210 618 ta) viloyatlari past koʻrsatkichlarni qayd etgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//