Jamiyat
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov 2022-2023-oʻquv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi yuzasidan maʼlumot berdi.
2022-yil sentyabr oyidan yangi oʻquv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab qoʻyilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan oʻquvchilarga nisbatan hech qanday eʼtirozlar bildirilmaydi.
Milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqib, oʻquvchi-qizlarning maktabga ochiq rangdagi milliy roʻmolni boshning orqa tomonidan oʻragan holda kelishlari maʼn etilmaydi.
Shuningdek, oʻquvchi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirishga ruxsat beriladi, ammo belgilangan oʻlchamdan kalta boʻlishi mumkin emas.
Mahalliy hokimliklar tomonidan kam taʼminlangan oilalarga mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan maktab formasini sotib olinishiga koʻmak beriladi.
Maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qilish boʻyicha maktab maʼmuriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maktab formasi savdosi avgust oyidan boshlab har bir tuman va shahar markazlaridagi aholiga qulay joylar hamda maktab yarmarkalarida tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q