Oʻzbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori maosh toʻlanishi maʼlum boʻldi

Saqlash
22:50 / 27.07.2022 722 0

2022-yil yanvar—iyun oylarida Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik ish haqi 3,54 mln soʻmni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 19,3 foizga oʻsdi. Bu haqida Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

 

Hududlar kesimidagi eng koʻp oʻrtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan — 5,48 mln soʻm.

 

Keyingi oʻrinlarda mos ravishda:

 

  • Navoiy — 4,85 mln soʻm;
  • Toshkent — 3,66 mln soʻm;
  • Buxoro — 3,09 mln soʻm;
  • Andijon — 3,08 mln soʻm;
  • Sirdaryo — 2,99 mln soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston — 2,98 mln soʻm;
  • Xorazm — 2,90 mln soʻm;
  • Jizzax — 2,74 mln soʻm;
  • Qashqadaryo — 2,74 mln soʻm;
  • Surxondaryo — 2,72 mln soʻm;
  • Namangan — 2,68 mln soʻm;
  • Fargʻona — 2,66 mln soʻm;
  • Samarqand — 2,66 mln soʻm viloyatlari joy olgan.

 

Sanoat iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Navoiy viloyati (7,13 mln soʻm), Toshkent shahri (5,18 mln soʻm), Toshkent viloyati (4,77 mln soʻm), Qashqadaryo viloyati (4,46 mln soʻm) hamda Andijon viloyatida (4,18 mln soʻm) kuzatildi.

 

Qurilish faoliyat turi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent viloyati (5,78 mln soʻm), Navoiy viloyati (5,16 mln soʻm), Toshkent shahri (4,82 mln soʻm)da qayd etildi.

 

Savdo faoliyat turi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (4,27 mln soʻm), Buxoro viloyati (3,24 mln soʻm), Jizzax viloyati (2,93 mln soʻm), Namangan viloyatlarida (2,74 mln soʻm) kuzatildi.

 

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Xorazm (6,40 mln soʻm), Toshkent shahri (5,43 mln soʻm), Buxoro (5 mln soʻm) viloyatlarida kuzatildi.

 

Axborot va aloqa sohasidagi oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (8,04 mln soʻm), Samarqand (4,53 mln soʻm), Jizzax (4,29 mln soʻm) viloyatlarida qayd etildi.

 

Bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatidagi oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (11,7 mln soʻm), (8,95 mln soʻm), Buxoro (8,35 mln soʻm), Navoiy (8 mln soʻm) viloyatlarida kuzatildi.

 

Taʼlim sohasi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (3,92 mln soʻm), Namangan (2,57 mln soʻm), Toshkent (2,57 mln soʻm), hamda Sirdaryo (2,57 mln soʻm) viloyatlarida kuzatildi.

 

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (2,76 mln soʻm), Qoraqalpogʻiston (2,59 mln soʻm), Andijon (2,52 mln soʻm) hamda Sirdaryo (2,48 mln soʻm)da qayd etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//