Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida joylashgan “Bek Baraka” savdo majmuasi atrofidagi doʻkonlarda katta yongʻin boʻlayotgani aytilgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 26-iyul kuni soat 16:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar qoʻrgʻoni Toshkent xalqa avtomobil yoʻli chetida joylashgan transformatorda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga yetib borgan. Dastlab transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmogʻidan uzilgan. Soʻng yongʻin soat 16:21 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar yetmagan. Tan jaroxati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Xabarga koʻra, hozirda yongʻin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q