Iyuldagi narx-navo: limon, guruch, piyoz qimmatladi

Saqlash
21:35 / 27.07.2022 684 0

Oʻzbekiston bozorlarida joriy yilning 1–24-iyul kunlari davomida limon, guruch va piyoz qimmatlashdi. Bu haqida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.


Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida bozorda bulgʻori qalampiri (qizil) mandarin va olma 2 500 soʻmga, kartoshka (yangi hosil, import) hamda karam 250 soʻmga, pomidor (qizil) 500 soʻmga arzonlagan.


Shu bilan birga, kivi 8 500 soʻmga, limon 7 500 soʻmga, baqlajon 4 100 soʻmga, sarimsoq piyoz 3 000 soʻmga, turp 2 750 soʻmga, loviya va guruch (alanga) 1 500 soʻmga, piyoz 1 100 soʻmga, guruch (lazer) 1 000 soʻmga, bodring va bulgʻor qalampiri (yashil) 500 soʻmga hamda lavlagi 250 soʻmga oshgan.


Joriy yil 1–24-iyul kunlari umumiy qiymati 74,4 mln AQSH dollarlik (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16 mln dollar koʻp) jami 112,6 ming tonna (10,9 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.


Xususan, mazkur davrda 15,6 ming tonna olxoʻri, 12,9 ming tonna qovun, 10,9 ming tonna tarvuz, 8,5 ming tonna uzum, 7,2 ming tonna piyoz, 4,3 ming tonnadan loviya va sabzi, 3,4 ming tonna olma, 2,3 ming tonna anjir, 2,1 ming tonna shaftoli, 1,9 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.


Shuningdek, ushbu davr mobaynida 4,5 mln AQSH dollari (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 mln dollar koʻp) qiymatdagi jami 7,5 ming tonna (1,0 ming tonna koʻp) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan, 2,8 ming tonna banan, 2,5 ming tonna kartoshka, 264,9 tonna apelsin, 163,7 tonna olma, 85 tonna limon import qilingan.


“Qoʻyliq” bozoriga 1–24-iyul kunlari hududlardan jami 22,3 ming tonna, xususan, 7,8 ming tonna kartoshka, 9,6 ming tonna piyoz, 848 tonna karam va 4,0 ming tonna sabzi keltirilgan.


Hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

 

– Samarqanddan 4 766 tonna, Toshkent viloyatidan 1 763 tonna, Namangandan 1 259 tonna kartoshka;

– Toshkent viloyatidan 6 381 tonna, Jizzaxdan 1 884 tonna, Surxondaryodan 1 143 tonna va Namangandan 220 tonna piyoz;

– Toshkent viloyatidan 848 tonna karam;

– Toshkent viloyatidan 1 129 tonna, Andijondan 613 tonna, Qashqadaryodan 541 tonna, Surxondaryodan 527 tonna, Sirdaryodan 430 tonna, Fargʻonadan 420 tonna va Jizzaxdan 344 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.


Shuningdek, “Qoʻyliq” bozoriga Pokiston Islom Respublikasidan 55 tonna kartoshka keltirilgan.


Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–24-iyul kunlari jami 227,3 tonna, shu jumladan 192,1 tonna mol goʻshti va 35,2 tonna qoʻy goʻshti keltirib sotilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//