COVID-19 dan qanday asoratlar qolishi mumkin?

Saqlash
06:08 / 06.08.2021 1161 0

Koronavirus infektsiyasi o'pkada jiddiy o'zgarishlarga, yurak xuruji va qon tomirlarining shikastlanishiga olib kelishi, bu kabi asoratlar oqibatida esa odam nogiron bo'lib qolishi mumkin, deya ma'lumot berdi Rospotrebnadzor markaziy ilmiy-tadqiqot instituti federal byudjet ilmiy instituti direktori o'rinbosari Antonina Ploskireva ria.ru nashriga.  

Uning so'zlariga ko'ra, koronavirus infektsiyasi natijasida o'pkada jiddiy o'zgarishlar (fibroz) paydo qilishi mumkin. "COVID natijasida, shuningdek, yurak xuruji va qon tomirlari kasalliklari rivojlanishi ehtimoli bor. Bu esa bemorning nogironligiga olib kelishi mumkin", deydi A. Ploskireva. "Ilgari COVID virusi bo'lgan ba'zi bemorlarda, kasalxonaga yotqizish kerakmi yoki yo'qligidan qat'i nazar, turli xil klinik ko'rinishlar uzoq vaqt saqlanib turgan. Jumladan, astenik sindrom va nafas qisishi belgilari, yo'tal va boshqalar. Bemorlarning ko'pchiligida bunday o'zgarishlar qaytarilishi mumkin", deb aniqlik kiritdi Ploskireva.

Shuninhdek, ria.ru nashri bemorlar qanday hollarda COVID-19 dan keyin nevrologga tashrif buyurishi kerakligi borasida mutaxassis fikrini ma'lum qilgan. Moskva davlat universiteti klinikasining endokrinologi Zuxra Pavlovaning so'zlariga ko'ra, koronavirus nafaqat o'pka va qon tomirlariga, balki markaziy asab tizimiga ham salbiy ta'sir o'tkazadi. "Buning oqibatlarini odatda bemorning o'zi aniqroq sezadi. Xotira yomonlashadi, diqqatini jamlay olmaydi", dedi u.

Bosh og'rig'ining ko'payishi, shuningdek, markaziy asab tizimi bilan bog'liq muammolarning belgisi bemorning nevrologga uchrashi lozimligini anglatadi.  Agar sizda COVID-19 dan so'ng sizda doimiy bosh og'rig'i, letargiya bo'lsa, diqqatni jamlay olmasa va ba'zi muammolarni tezda hal qila olmasa, darxol nevrolog bilan bog'lanishi kerak, deya maslahat berdi Pavlova.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish